Dunyodagi eng ko‘p yoqilg‘i sarflaydigan avtomobillar
07.04.2025 / 05:47Kuchli dvigatellarga ega yirik SUVlar yoki sport avtomobillardir.

Avtomobil tanlashda ko‘pchilik yoqilg‘i tejamkorligiga e’tibor beradi. Biroq ayrim avtomobillar bor-ki, ularning quvvati, og‘irligi yoki hashamati evaziga yoqilg‘i sarfi anchagina yuqori bo‘ladi. Ko‘pincha bu rusumlar premium segmentga kiradigan, kuchli dvigatellarga ega yirik SUVlar yoki sport avtomobillardir.
Quyida yoqilg‘i sarfi bo‘yicha eng yuqori ko‘rsatkichga ega bo‘lgan mashinalardan ba'zilari:
Bugatti Chiron – 8.0 litrli W16 dvigatel bilan jihozlangan bu superkar 100 kmga o‘rtacha 22–25 litr benzin sarflaydi.
Lamborghini Aventador – sport uslubidagi bu avtomobil o‘rtacha 17–20 litr yoqilg‘i ishlatadi.
Mercedes-Benz G-Class (G63 AMG) – mashhur “Gelik” 100 km masofa uchun 18–20 litr yoqilg‘i talab qiladi.
Chevrolet Suburban (6.2L V8) – katta oila uchun mo‘ljallangan bu SUV 15–18 litr atrofida yoqilg‘i sarflaydi.
Ford F-150 Raptor – kuchli off-road pikap bo‘lib, o‘rtacha 15–17 litr benzin sarflaydi.
Bu avtomobillar qulaylik va kuchni afzal ko‘radiganlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, yoqilg‘i tejamkorligi ularning asosiy ustuvorligi emas. Shu bois, bu kabi transport vositalarini tanlashda xarajat va ekologiyaga ta’siri ham inobatga olinishi lozim.