Yangi Kia K4 2026 hatchback namoyish qilindi
21.04.2025 / 06:27Model ikki xil dvigatel variantida taklif etiladi.

Kia kompaniyasi 2026-yil uchun mo‘ljallangan K4 hatchback modelini taqdim etdi. Model boshqa bozorlarda Kia Ceed nomi bilan tanilgan bo‘lib, u Honda Civic, Mazda 3 va Toyota Corolla modellari bilan bir sinfda turadi.
Avtomobil Nyu-York avtosalonida namoyish etildi. K4 hatchback versiyasi sedan variantidan 28 santimetrga qisqa. Orqa eshik tutqichlari orqa ustunga joylashtirilgan. Modelda — 628 litr hajmga ega bagaj bo‘limi mavjud.
Model ikki xil dvigatel variantida taklif etiladi:
- 2,0 litrli atmosferali benzin dvigateli (147 ot kuchi), variator bilan juftlashtirilgan;
- 1,6 litrli turbomotor (190 ot kuchi), 8 pog‘onali avtomatik uzatma bilan (GT-Line Turbo versiyasida).
GT-Line va GT-Line Turbo versiyalari sport tipidagi osma tizimi va 18 dyuymli g‘ildiraklarga ega.
Salon ichki qismi sedan bilan bir xil. Old panelda ikkita 12,3 dyuymli ekran, adaptiv kruiz nazorati, yo‘l chizig‘ida ushlab turish tizimi mavjud. GT-Line Turbo versiyasida Highway Driving Assist funksiyasi taklif etiladi.
Avtomobilning boshlang‘ich narxi — $23 200 dan boshlanishi, maksimal narxi esa — $31 900 atrofida bo‘lishi kutilmoqda.