BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda “chiroyli” avtomobil raqamlarini birja orqali sotish bekor qilinadi

08.09.2025 / 10:56

Yangi tartib 2025-yil oktabrdan kuchga kiradi.

Blog image

O‘zbekistonda avtomobil raqamlari bo‘yicha tartib o‘zgaradi. Endilikda “chiroyli” davlat raqam belgilarini O‘zbekiston respublika tovar-xomashyo birjasi orqali auksionda sotish to‘xtatiladi.


Hukumat qaroriga ko‘ra, 1-oktabrdan boshlab bunday auksionlar butunlay bekor qilinadi. Oldin sotilmagan “chiroyli” raqam kombinatsiyalari esa yangi tartib asosida taqsimlanadi:

—1–3 toifa raqamlar Uzavtomotobelgi korxonasi orqali yagona oshirilgan tarif bo‘yicha sotiladi;

—4–6 toifa raqamlar esa amaldagi tartibda, qo‘shimcha tariflarsiz avtomobil egalariga beriladi.


Bu o‘zgarishlar O‘zbekistonda avtomobil raqamlari savdosini yanada shaffof qilish hamda haydovchilar uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner