BannerMobile banner
Yangiliklar

UzAuto Motors yangilangan Cobalt’ni taqdim etdi

07.09.2025 / 08:05

Narxi haqida hozircha ma’lumot yo‘q.

Blog image

UzAuto Motors tez orada yangilangan Chevrolet Cobalt 2025 modelini taqdim etishga tayyorlanmoqda. Bu safargi restayling asosan salon dizayni va qulayliklarga qaratilgan. Avtomobil Tracker 1 pribor panel bilan, dvigatel haroratini ko‘rsatuvchi indikator bilan, shuningdek Apple Car Play va Android Auto qo‘llab-quvvatlovchi MyLink multimedia tizimi bilan jihozlanadi.



Yangi Cobalt’da uzoq kutilgan funksiyalar ham bor: kruiz-kontrol, ruldan multimedia boshqaruvi va old o‘rindiqlarni qizdirish. Ayniqsa, qish mavsumida bu juda qo‘l keladi.



Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Chevrolet Cobalt 2025 narxi qariyb 165 million so‘m bo‘ladi. Shartnomalar yaqin haftalarda ochilishi kutilmoqda va ilk xaridorlar mashinalarini 2025-yil oxiriga qadar qo‘lga kiritishlari mumkin.



Texnik jihatdan esa avtomobil o‘zgarishsiz qoladi: sinovdan o‘tgan 1,5 litrli atmosferali dvigatel 105 ot kuchi bilan yana hamon asosiy afzallik sifatida saqlanib qoladi. U oddiy texnik xizmat ko‘rsatishda tejamkorligi va ishonchliligi bilan mashhur.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner