O‘zbekistonda o‘z isimli avtoraqamni sotib olish mumkin bo‘ladi
06.09.2025 / 08:38Chora keyingi yildan kuchga kiradi.

2026-yil 1-yanvardan boshlab O‘zbekistonda avtomobillar uchun imiennoy raqamlar olish imkoniyati yaratiladi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasi qaroriga asoslanib UzA xabar berdi.
Yangi tartibga ko‘ra, davlat unitar korxonasi Uzavtomotobelgi maxsus raqamlarni ochiq elektron auksionlar orqali taqdim etadi. Endilikda haydovchilar o‘z avtomobiliga harflar va raqamlar kombinatsiyasidan iborat shaxsiy davlat raqamini rasmiy yo‘l bilan xarid qilishlari mumkin bo‘ladi.
Maxsus raqamlar 6 ta belgigacha bo‘lishi mumkin. Ular amaldagi davlat raqamlari bilan bir xil bo‘lmasligi, shuningdek, qonun yoki axloqiy qadriyatlarga zid ifodalarni o‘z ichiga olmasligi shart. Shu bois, ko‘chalarda tez orada SARVAR, AZIZA, ODIL yoki BUXORO kabi yozuvli avtomobil raqamlarini uchratish mumkin bo‘ladi.