BannerMobile banner
Yangiliklar

Tesla Model S va Model X narxi birdaniga $15 mingga oshdi

06.04.2026 / 05:33

Narxlar oshishi barcha mavjud avtomobillar zaxirasiga ta’sir qildi.

Blog image

Tesla avtobrendi Model S va Model X modellari narxini keskin oshirdi. Gap bir yo‘la $15 minglik oshish haqida ketmoqda, bu esa ushbu modellarning mavjud barcha yangi va demo avtomobillariga ta’sir ko‘rsatdi.


Yangilangan narxlarga ko‘ra, Tesla Model S ning to‘liq yuritma (AWD) versiyasi endi $109 990 dan boshlanadi, Plaid modifikatsiyasi esa $124 900 ga yetdi.


Tesla Model X uchun esa narxlar $114 900 (AWD) dan boshlanib, eng yuqori Plaid versiyada $129 900 gacha yetadi.


Avvalroq AQSh bo‘ylab Model X yangi avtomobillari to‘liq sotilib ketgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Hozirda mavjud zaxiralarda asosan demo avtomobillar qolgan.


Shuningdek, o‘tgan hafta Tesla rahbari Elon Musk Model S va Model X uchun individual buyurtmalar qabul qilish to‘xtatilganini tasdiqladi. Ushbu modellarning ishlab chiqarilishi yakunlanayotgani aytilmoqda.


Brend yaqin vaqt ichida Model S va Model X davrining yakuniga bag‘ishlangan maxsus tadbir o‘tkazishni ham rejalashtirmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner