Toshkent bozorlarida avtoturargohlar joyi keskin qimmatlashdi
19.11.2025 / 07:06Gap dam olish kunlaridagi avtoturargoh haqida ketmoqda.

Toshkentdagi bozorlar va savdo markazlarida dam olish kunlari avtoturargoh narxlari bir necha baravar oshdi. Endi bozorda 2–3 soat turish uchun 25 ming so‘mdan ko‘proq to‘lashga to‘g‘ri keladi.
Gazeta.uz xabariga ko‘ra, poytaxt hokimi Shavkat Umurzaqovning 18 noyabrdagi qaroridan so‘ng dam olish kunlari 2 soatdan ortiq turgan yengil avtomobillar uchun to‘lov 2,5–3,3 baravar ko‘tarilgan.
Dam olish kunlari yangi avtoturargoh tariflari:
- 20 daqiqagacha — 5 000 so‘m;
- 40 daqiqagacha — 7 000 so‘m;
- 1 soatgacha — 8 000 so‘m;
- 2 soatgacha — 9 000 so‘m;
- 3 soatgacha — 25 000 so‘m (ish kunlari — 10 000);
- 4 soatgacha — 35 000 so‘m (ish kunlari — 14 000);
- 4 soatdan ortiq — 50 000 so‘m (ish kunlari — 15 000).
Yuk mashinalari uchun avtoturargoh narxlari o‘zgarmagan.







