Qirg'izistonda O'zbekistonga nisbatan avtomobillar juda arzon(mi?)
13.05.2025 / 12:14Qirg‘izistonda Cobalt 32 mln so‘mga qimmatroq.

Bugungi kunda Chevrolet brendining Cobalt, Onix va Tracker modellari O‘zbekiston bozorida eng ko‘p talab qilinadigan avtomobillar hisoblanadi.
Qirg‘izistonda esa ushbu modellarning ba’zilari UzAuto Motors tomonidan yetkazib berilishi orqali yig‘iladi. Narxlar esa ko‘pchilik uchun hayratlanarli darajada farq qiladi.
1. Chevrolet Cobalt
- Qirg‘izistonda narxi: 180 mln so‘m atrofida (taxminan, $13 900);
- O‘zbekistonda narxi (GX-STYLE AT PLUS): 147 916 000 so‘m (taxminan $11 378).
Qirg‘izistonda Cobalt 32 mln so‘mga qimmatroq.
2. Chevrolet Onix
- Qirg‘izistonda narxi: 221 mln so‘m (taxminan $17 ming);
- O‘zbekistonda narxi (LTZ Turbo AT): 199 899 840 so‘m (taxminan $16 252).
Qirg‘izistonda Onix 21 mln so‘mga qimmatroq.
3. Chevrolet Tracker
- Qirg‘izistonda narxi: 247 mln so‘m (taxminan $19 000);
- O‘zbekistonda narxi (LS PLUS): 220 mln so‘m (taxminan $16 990).
Qirg‘izistonda 27 mln so‘m qimmatroq.
Nima uchun Qirg‘izistonda qimmatroq
Qirg‘izistonda Chevrolet avtomobillari UzAuto Motors tomonidan yetkazib beriladi, ya’ni u yerda avtomobillar to‘liq ishlab chiqarilmaydi, balki tayyor holda import qilinadi. Bu esa transport xarajatlari, boj to‘lovlari va qo‘shimcha ustamalar orqali yakuniy narxni oshiradi. Shu sababli Cobalt, Onix va Tracker modellari O‘zbekistonga qaraganda qimmatroq bo‘ladi.