BannerMobile banner
Yangiliklar

General Motors Xitoyga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatmoqda

22.05.2025 / 07:12

SAIC bilan qo‘shma korxonalar orqali mahsulot sotishni davom ettirmoqda.

Blog image

GMo‘zining Xitoydagi dilerlari va eksport bo‘limi xodimlarini mamlakatga avtomobil yetkazib berishni to‘xtatish to‘g‘risida xabardor qildi.


GM vakilining so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning Xitoy bozoriga mo‘ljallangan yuqori toifali avtomobillarni import qiluvchi Durant Guild platformasi orqali amalga oshirilgan savdolar Xitoydagi umumiy GM savdosining 0.1% dan ham kamini tashkil qilgan.


“Iqtisodiy muhitdagi jiddiy o‘zgarishlar sababli biz Durant Guild’ni qayta tashkil etish to‘g‘risida qaror qabul qildik”, — dedi GM matbuot kotibi.


Bundan tashqari, GM Xitoydagi operatsiyalarini optimallashtirishni ham rejalashtirmoqda. Shuni ta’kidlash joizki, GM Xitoyda o‘z mahsulotlarini mahalliy SAIC kompaniyasi bilan tashkil etilgan qo‘shma korxonalar orqali ham sotishda davom etmoqda.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner