Tonirovka bepul bolishi haqida YHXBB rasmiy bayonot berdi
15.05.2025 / 10:41Agar ruxsatnomasiz tonirovka qilinsa, 25 barobar BHMgacha jarima keladi.

So‘nggi kunlarda ijtimoiy tarmoqlarda “O‘zbekistonda avtomobil oynalarini tonirovka qilish BEPUL bo‘ladi” degan xabarlar tarqaldi. Biroq bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
YHXBB vakili Zoir Yo‘ldoshev raddiya berdi:
“Hukumat qaror loyihasida haydovchilar uchun bir qator yengilliklar nazarda tutilgan. Lekin tonirovkani bepul qilish yoki arzonlashtirish haqida gap yo‘q.”
Nimalar bepul?
- orqa yon oynalar va orqa oynani tonirovka qilish – bepul va ruxsatnoma talab etilmaydi;
- old oynaning yuqori qismi (14 sm gacha chiziq) – ruxsatnomasiz ruxsat etiladi.
Nimalar uchun ruxsat kerak?
- old eshik oynalariga tonirovka qilish uchun ruxsatnoma zarur;
- narxi – sakkiz barobar BHM (taxminan uch mln so‘m);
- ruxsatnomani onlayn olish mumkin, buning uchun 10% chegirma beriladi.
Agar ruxsatnomasiz tonirovka qilinsa, 25 barobar BHMgacha (9,3 mln so‘m) jarima solinadi.