Damas va Labo hali ishlab chiqarilishdan chiqmaydi
15.05.2025 / 12:50Damas zavodi bazasida arzon minivenlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan edi.

Ijtimoiy tarmoqlarda Damas va Labo avtomobillari ishlab chiqarilishi to‘xtatiladi, ularning o‘rniga yangi arzon miniven paydo bo‘ladi degan mish-mishlar tarqaldi. Ammo UzAuto Motors bu gaplarni rad etdi.
Kompaniya bayonotida aytilishicha:
“Agar model qatorida qandaydir o‘zgarish bo‘ladigan bo‘lsa, bu haqda oldindan rasmiy manbalarimizda xabar qilamiz.”
Xorazm viloyatidagi Damas zavodi bazasida arzon minivenlar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan. Loyiha qiymati — $100 mln. Bu loyihadan maqsad mahalliy bozorda talab yuqori bo‘lgan, ammo yonilg‘i tejamkor va ekologik avtomobillarni yaratish.
Damas va Labo hozircha ishlab chiqarishda qoladi. Ularni almashtiruvchi miniven hali aniq tanlanmagan. O‘zgarish bo‘lsa — faqat rasmiy sahifalarda e’lon qilinadi.