BannerMobile banner
Yangiliklar

Ikki kunga Kichik halqa yo‘lining bir qismi yopiladi

14.05.2025 / 09:23

Tirbandliklarni oldini olish va transport harakatini erkinlashtirish maqsad qilindi.

Blog image

Toshkentda Kichik halqa avtomobil yo‘lining yana bir qismida harakat vaqtincha to‘xtatiladi


Yunusobod tumanida olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlari munosabati bilan 2025-yil 13-may kuni soat 22:00 dan boshlab 15-may kuni soat 06:00 gacha Sharof Rashidov ko‘chasi bilan Chingiz Aytmatov ko‘chasi kesishmasi oralig‘idagi Kichik halqa avtomobil yo‘li bo‘lagida transport harakati vaqtincha to‘xtatiladi.


Tirbandliklarni oldini olish va transport harakatini erkinlashtirish maqsadida, Toshkent shahar hokimiyati haydovchilarga ko‘rsatilgan vaqt oralig‘ida muqobil yo‘llardan foydalanishni tavsiya qilmoqda.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner