BannerMobile banner
Yangiliklar

BYD Song Ultra EV автopilot tizimi bilan taqdim etildi

05.03.2026 / 11:49

Yangi elektromobil tom qismidagi lidar va “God's Eye” haydovchiga yordam tizimi bilan jihozlandi.

Blog image

BYD yangi Song Ultra EV elektromobilini rasman namoyish qildi. Modelning jismoniy taqdimoti 2026 yil 3 mart kuni bo‘lib o‘tdi. Bungacha ishlab chiqaruvchi faqat rasmiy renderlar va kamuflyajlangan sinov avtomobillarini ko‘rsatgan edi.


Mazkur taqdimot modelning oldindan buyurtmalari boshlanishi oldidan o‘tkazilgan yakuniy bosqich hisoblanadi. Song Ultra EV uchun pre-orderlar 5 mart kuni o‘tkaziladigan BYD Technology Day tadbirida e’lon qilinishi rejalashtirilgan.


Yangi model Song oilasida birinchi marta tom qismida joylashgan lidar sensori bilan jihozlandi. U “God's Eye” B (DiPilot 300) intellektual haydovchi yordam tizimi bilan birga ishlaydi. 300 TOPS hisoblash quvvatiga ega ushbu tizim avtomagistrallarda va shahar sharoitida yarim avtonom harakatlanishni (NOA) qo‘llab-quvvatlaydi. Shuningdek, kuzov bo‘ylab joylashtirilgan kameralar 360 darajali ko‘rinishni ta’minlaydi.


Salon qismida 15,6 dyuymli aylanuvchi markaziy ekran va 10,25 dyuymli raqamli asboblar paneli o‘rnatilgan. 2840 mm g‘ildirak bazasi tufayli avtomobil salonida “katta salon” rejimi mavjud — old o‘rindiqlar to‘liq orqaga yotib, orqa divan bilan bir tekis holatga keladi.


Markaziy konsolda 50 vatt quvvatga ega ikkita simsiz zaryadlash paneli, kristall uslubidagi harakat rejimi selektori hamda multimedia tizimi uchun jismoniy tugmalar joylashgan.


BYD Song Ultra EV e-Platform 3.0 Evo platformasida qurilgan. Elektromobil orqa o‘qda joylashgan bitta TZ200XYAV elektr motor bilan jihozlangan bo‘lib, uning quvvati 362 ot kuchini tashkil etadi. Maksimal tezligi esa 210 km/soatga yetadi.


Modelning rasmiy narxi va oldindan buyurtma tafsilotlari 5 mart kuni e’lon qilinadi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, avtomobil narxi taxminan 180 ming yuan atrofida bo‘lishi mumkin.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner