BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda Li Auto avtomobillarining rasmiy savdosi boshlandi

15.10.2025 / 07:40

Dastlab to‘rtta model, jumladan, yangi i8 taklif etildi.

Blog image

Xitoyning Li Auto kompaniyasi O‘zbekistonda o‘z avtomobillarini rasmiy tarzda sotishni boshladi. Dastlab to‘rtta model — gibrid Li L6, Li L7, Li L9 va to‘liq elektrli Li i8 taqdim etildi.


Brendning birinchi rasmiy salon Toshkentning Sergeli tumanida ochildi. Xaridorlar uchun 2 yil yoki 100 ming km kafolat, shuningdek rasmiy servis va original ehtiyot qismlar taqdim etiladi. Bu esa ilgari norasmiy yo‘llar orqali olib kelingan Li Auto egalari uchun mavjud bo‘lmagan imkoniyatdir.


💰 Narxlar:



  • Li L6 — 569–619 mln so‘m: ikki elektromotorga ega, 408 ot kuchi, 36,8 kVt-soat batareyali besh eshikli gibrid versiya.
  • Li L7 Ultra — 749 mln so‘m: pnevmopodveska, potolokda ekranli va 449 ot kuchiga ega flagman model.
  • Li L9 — 899 mln so‘m: olti o‘rindiqli, to‘liq hajmli SUV, L7 bilan bir xil gibrid tizimga ega.
  • Li i8 — 773,9 mln so‘m: 544 ot kuchiga ega, 720 km masofa bosadigan, to‘liq elektrli uch qatorli krossover.


Dastlab Li Auto global bozorga chiqishni 2028 yilga rejalashtirgan edi, biroq rejalar tezlashtirildi. Shu bilan birga, Markaziy Osiyo mamlakatlarida Li Auto avtomobillariga talab keskin oshgan — ko‘plab mashinalar paralel import orqali keltirilgan. Endilikda kompaniya mintaqada rasmiy faoliyatini yo‘lga qo‘yib, o‘z mavqeini mustahkamlashga qaror qildi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner