Yangi Cobalt savdosi 3-noyabrda boshlanadi
15.10.2025 / 12:06UzAuto Motors yangi Cobalt uchun shartnomalarni faqat dilerlik markazlarida taklif qiladi, eski komplektasiyalar uchun narxlar esa o‘zgarishsiz qoladi.

3-noyabrdan boshlab O‘zbekistonda yangilangan Cobalt uchun shartnoma tuzish imkoniyati ochiladi. Xaridorlar avvalgidek oddiy komplektatsiyalarni eski narxlarda xarid qilishlari ham mumkin bo‘ladi.
Narxlar :
- Cobalt Style MCM — 156 100 000 so‘m;
- Cobalt Midnight MCM — 165 200 000 so‘m;
- Cobalt Style AT Plus — 147 916 000 so‘m (narx o‘zgarmagan);
- Cobalt Midnight AT — 155 231 000 so‘m (narx o‘zgarmagan).
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yangi Cobalt uchun shartnomalar faqat avtosalonlarda tuziladi, ya’ni endi onlayn shartnoma qilish imkoniyati bo‘lmaydi.