O'zbekistonda "Formula-1" o'tishi mumkin
10.10.2025 / 06:24Mamlakat vakillari dastlabki muzokaralar uchun Singapur Gran-pri'siga tashrif buyurishgan.

O‘zbekiston yaqin yillarda “Formula-1” poygasini o‘z hududida o‘tkazish imkoniyatini o‘rganmoqda, deb xabar berdi F1News jurnalisti Jo Savarga tayanib.
Ma’lum bo‘lishicha, o‘zbekistonlik delegatsiya Singapur Gran-prisiga tashrif buyurib, “Formula-1” bosqichini mamlakatda tashkil etish bo‘yicha dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan.
So‘nggi yillarda sport O‘zbekistonda ustuvor yo‘nalishga aylangan. Milliy futbol jamoasi tarixda ilk bor 2026-yilgi Jahon chempionatining final bosqichiga yo‘l oldi. Shuningdek, dekabr oyida Toshkentda FIA Gala mukofotlari tantanasi va FIA prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi.