O‘zbekistonda benzinda 100 km yo'l yurish necha pulga tushadi
08.10.2025 / 06:06UzCars jamoasi ushbu masofa qanchaga tushishini hisoblab chiqdi.

O‘zbekistonda benzin narxining bosqichma-bosqich oshib borayotgani haydovchilar uchun muhim mavzuga aylanmoqda. Ayniqsa, eng ommabop avtomobillardan biri bo‘lgan Chevrolet Cobalt misolida xarajatlar sezilarli farq qilmoqda.
Mazkur modelning o‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 9–10 litr atrofida. Cobalt asosan AI-80 markali benzin bilan harakatlanadi, bu turdagi yoqilg‘ining narxi esa mamlakatda hozirda 8 700–9 600 so‘m oralig‘ida.
Demak, 100 kilometr yo‘l bosish uchun avtomobilga taxminan 78 000–96 000 so‘m kerak bo‘ladi. Bu degani, har bir kunlik qatnovda yoki uzoq safarlarda yoqilg‘i xarajati sezilarli darajada oshgan.
Mutaxassislar fikricha, narxlarning bunday o‘sishiga xalqaro bozor tendensiyalari, ichki logistika xarajatlari hamda yoqilg‘i yetkazib berishdagi o‘zgarishlar ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu bilan birga, ko‘plab haydovchilar gaz (metan yoki propan) yoqilg‘isiga o‘tishni ko‘rib chiqmoqda, chunki bunday variant hozircha ancha tejamkor sanaladi.