BannerMobile banner
Yangiliklar

ADM Global yangi Chery Arrizo 8 Hybrid flagman sedanini taqdim etdi

13.10.2025 / 11:36

Arrizo 8 o'nta xavfsizlik yostiqchalari, shu jumladan haydovchi va oldingi yo‘lovchi uchun tizza yostiqchalari — bu o‘z turkumidagi mavjud bo‘lgan eng yuqori darajadagi himoya bilan jihozlangan.

Blog image

2025-yil 11-oktabrda Toshkentda yangi Chery Arrizo 8 Hybrid biznes-sedani — O‘zbekistonda brendni rivojlantirishda yangi sahifa ochadigan texnologik va samarali modelining tantanali taqdimoti bo‘lib o‘tdi.


Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori hisoblangan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan tashkil etilgan tadbir Zo‘rTV telekanalining Renaissance Hall zalida bo‘lib o‘tdi va avtomobilsozlik sohasi vakillari, hamkorlar, blogerlar va brend muxlislarini jamladi. Taqdimot texnologiya, yorqinlik, musiqa va his-tuyg‘ularni birlashtirgan haqiqiy shouga aylandi.



Mehmonlarni fotosurat maydonlari, ko‘zguli yo‘laklar va interaktiv installyatsiyalardan iborat neonli muhit kutib oldi. Kechaga DJ-setlar, akrobatik sahnalar va Reginight jamoasining raqs chiqishlari hamrohlik qildi hamda chiroqlar shousi ostida yangi Chery Arrizo 8 Hybrid modelining yorqin ochilishi bilan yakunlandi. Mashhur xalqaro Morandi guruhi tadbirning xedlayneri bo‘lib, uning chiqishi kechaning yorqin yakuni bo‘ldi va ushbu tadbirga bayramona kayfiyat bag‘ishladi.

 

ADM Global bosh direktori Doniyor Davletiyarovning ta’kidlashicha:


"ADM Jizzakh zavodida birinchi Chery gibrid avtomobilining ishlab chiqarilishi korxonamiz rivojlanishida muhim bosqich sifatida namoyon bo‘ldi. Bu ishlab chiqarish jarayonlarini jiddiy modernizatsiya qilish va yangi texnologiyalarni joriy etish natijasidir. Biz O‘zbekiston avtomobilsozlik sanoatining ekologiya, innovatsiya va sifatga yo‘naltirilgan global transformatsiyasining bir qismiga aylanayotganidan faxrlanamiz. Bizning kelajagimiz — bu yangi texnologiyalar, yangi bozorlar, yangi imkoniyatlar.


Bizning asosiy ustuvor vazifamiz — kadrlarni rivojlantirish. Bizga 2000 dan ortiq muhandislar zarur bo‘ladi va biz istiqboldagi mutaxassislarini tayyorlash uchun o‘z R&D markazimizni yaratishga faol investitsiyalarni kiritmoqdamiz. Bizning keyingi bosqichimiz — CKD PHEV/IYoD (ichki yonuv vdvigatel) ni ishga tushirish: an’anaviy va gibrid texnologiyalarni mujassamlashtirgan platformalarni birlashtirish".

 

O‘z navbatida, ADM Global kompaniyalar guruhi ta’sischilaridan biri Murod-Mirzo Sharipov so‘zlariga ko‘ra, "O‘zbekiston bugungi kunda investitsiyalar va yuqori texnologiyali loyihalar uchun qulay sharoitlar yaratib, jadal rivojlanmoqda. Ishonamizki, Arrizo 8 Hybrid’ni ishga tushirish kabi tashabbuslar nafaqat Chery va ADM Global’ning mavqeini mustahkamlaydi, balki texnologiyalar va barqarorlik yonma-yon bo‘lgan istiqbolni shakllantirib, mamlakatning butun avtomobil sanoatini rivojlantirishga hissa qo‘shadi".


 

"Arrizo 8 Hybrid taqdimoti O‘zbekistonda Chery uchun yangi davrning boshlanishidir. Bu ADM Jizzakh zavodida ishlab chiqarilgan brendning birinchi gibrid avtomobili bo‘lib, yanada ekologik toza va intellektual texnologiyalarga o‘tish timsoli sifatida bo‘ladi, — dedi Chery Uzbekistan direktori Pyer-Eli Dolua.


Biz O‘zbekiston — yosh, dinamik, innovatsiyalarga ochiq jamiyatga ega mamlakat jadal rivojlanayotganini ko‘rib turibmiz. Va biz bu taraqqiyotga bo‘lgan intilishni birgalikda baham ko‘ramiz. Chery Arrizo 8 Hybrid bizning kelajak haqidagi tasavvurimiz: mahalliy bozor uchun maxsus yaratilgan qudrat, samaradorlik va raqamli yechimlarning uyg‘unligini o‘zida mujassam etadi. Bu nafaqat kompaniyamiz, balki butun mamlakat avtomobilsozlik sanoati uchun oldinga tashlangan qadamdir".

 

Quvvat va intellekt bir kuzovda mujassam


Yangi Chery Arrizo 8 Hybrid brend falsafasining timsoliga aylandi — uslub, intellekt va ekologik texnologiyalarni birlashtiradi. Ushbu old g‘ildirakli avtomobil eng yuqori quvvati 347 ot kuchiga ega 1,5 litrli zamonaviy turbinali kuch agregati (PHEV) hamda 1DHT maxsus gibridli transmissiya bilan jihozlangan. Mazkur avtomobil 100 km/soat tezlikka 7,3 soniyada erishadi va elektr tortish kuchining o‘zida 125 km yoki atigi 3,9 l/100 km bilan o‘rtacha sarfda O‘zbekistonning haqiqiy yo‘l sharoitlarida 1463 km gacha harakatlana oladi.



Bejirim dizaynga 18 dyuymli yengil qotishmali diskalar, LED optika va panoramali tom qismi qo‘shilgan bo‘lib, interyer texnologiya jihatdan zamonaviylik va qulaylikni o‘zida mujassam etgan: raqamli qurilmalar paneli va 12,3 dyuymli multimedia-displey, 12 dona dinamiklarga ega SONY audio tizimi, jumladan, sabvufer, o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, ikki hududli iqlim-nazorati va AQS havo tozalash tizimi. Shuni ham ta’kidlash kerakki, multimedia tizimi O‘zbekiston bozoriga to‘liq moslashtirilgan bo‘lib, o‘zbek va rus tillarida mavjud.

 

Zamonaviy xavfsizlik va qulaylik


Arrizo 8 Hybrid’da xavfsizlikka alohida e’tibor qaratilgan. Sedan o‘nta xavfsizlik yostiqchalari, shu jumladan haydovchi va oldingi yo‘lovchi uchun tizza yostiqchalari — bu o‘z turkumidagi mavjud bo‘lgan eng yuqori darajadagi himoya bilan jihozlangan.


Gibrid tizim batareyasi IP68 yuqori zichlik toifasiga ega, chang va namlikka chidamli va suvga to‘liq botishga bardosh bera oladi. To‘qnashuv sodir bo‘lganda, yuqori kuchlanishli elektr ta’minoti atigi 2 millisekundda uziladi va qisqa tutashuv xavfini bartaraf etadi. Energiya yutuvchi qatlamlarga ega mustahkam po‘lat korpus va har besh daqiqada 800 dan ortiq tekshiruvni amalga oshiradigan intellektual o‘z-o‘zini diagnostika qilish tizimi tengsiz bo‘lgan himoya darajasini yaratadi.

 

Moslashuvchan kruiz-nazorati, yo‘l qismida ushlab turish, 360° doira bo‘ylab ko‘rish va Avtomat tarzda tormozlash tizimlari har bir safarmi hatto jo‘shqin bo‘lgan shahar sharoitida ham maksimal darajada qulay va xavfsiz qiladi.


 

Komplektatsiya va narxlar


Arrizo 8 Hybrid ikki xil komplektatsiyalarda taqdim etilgan:


● Lyuks — 344 900 000 so‘m;

● Premium — 364 900 000 so‘m.

 

Ikkala versiya ham Chery flagman modellariga xos bo‘lgan texnologiya, bejirim dizayn va yuqori darajadagi jihozlanishni o‘zida mujassam etgan.

 

Arrizo 8 Hybrid taqdimoti mamlakatdagi avtomobil yilining eng yorqin voqealaridan biriga aylandi va Chery’ning mijozlarga jahon darajasidagi zamonaviy va texnologik yechimlarni taklif qilish orqali O‘zbekiston bozoridagi mavqeini mustahkamlashga intilishini namoyon qildi.


Chery avtomobil brendining O‘zbekistondagi rasmiy distribyutori bo‘lgan ADM Global kompaniyalar guruhi tomonidan taqdim etilgan O‘zbekistondagi Chery avtomobillarining xususiyatlari va narxlari bilan cheryauto.uz saytida tanishish mumkin.


Chery Uzbekistan rasmiy sahifalari:


Doimiy aloqa telefoni: +998 71 276 55 55

Website: https://cheryauto.uz

Instagram: https://www.instagram.com/cheryuzbekistan/

Telegram: https://t.me/cheryuzbekistan

Telegram-bot: https://t.me/cheryuzbekistanbot

Facebook: https://www.facebook.com/CheryUzbekistan

YouTube: https://www.youtube.com/@cheryuzbekistan

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner