Toshkentning bir nechta ko‘chalarida harakat qisman cheklanadi
07.10.2025 / 17:27Mutaxassislar asfalt ishlarini bajaradilar.

Toshkentning ayrim ko‘chalarida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi, deb xabar bermoqda Transport vazirligi matbuot xizmati.
Yangi O‘zbekiston (Ohangaron shossesidan D 012 avtomobil yo‘ligacha), Jasorat va Do‘stlik ko‘chalarining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlari hududidan o‘tgan qismlarida yo‘lning yuqori qatlamiga PSHMA-20 turidagi asfalt-beton qoplama yotqizish ishlari amalga oshiriladi.
Shu munosabat bilan 8 oktyabrdan 20 oktyabrgacha yuqoridagi ko‘chalarda harakat qisman cheklanadi.