BYD Seagull Tesla Model Y va barcha avtomobillarni ortda qoldirdi
17.12.2024 / 07:34Seagullning boshlang‘ich narxi faqat $9 700ni tashkil etadi.

BYD Seagull noyabr oyida Xitoyda eng ko‘p sotilgan avtomobil bo‘lib, Tesla Model Y va barcha benzinli avtomobillarni ortda qoldirdi.
Bir oyda 56 156ta Seagull modeli sotildi, bu o‘tgan yilga nisbatan 38% ko‘p. Shu bilan birga, Tesla Model Y sotuvlari 11% ga kamayib, 44 576 ta avtomobilga tushdi.
Seagullning boshlang‘ich narxi faqat $9 700 bo‘lib, bu uni yangi bozordagi yetakchi qilgan. Model mart oyida Honor Edition versiyasini chiqardi, bu oldingi modeldan ham arzonroq.
Top-20 benzinli avtomobillardan faqat bir nechta modellari o‘rin oldi: Nissan Sylphy, Volkswagen Lavida, Volkswagen Passat, Changan CS75 Plus va Volkswagen Sagitar. Xitoyda DVSli avtomobillar savdosi 15% ga kamaydi.
BYD Xitoy bozorida yetakchi o‘rinlarni egallab, top-10 eng ko‘p sotilgan avtomobillardan beshini chiqardi.