BannerMobile banner
Yangiliklar

Suzuki uchta o‘rinli uchuvchi avtomobilni taqdim etadi

24.04.2025 / 08:04

SD-05 shahardagi qisqa masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan.

Blog image

2025-yilgi Osaka Expo ko‘rgazmasida Yaponiyaning uchuvchi taksisi — SkyDrive SD-05 modelining to‘liq hajmdagi maketi namoyish etiladi.


Bu eng kutilayotgan eVTOL (vertikal qo‘nish va uchish tizimli) qurilmalardan biri bo‘lib, u uch kishilik, to‘liq elektrli va vertikal uchishga mo‘ljallangan. SD-05 shahardagi qisqa masofali parvozlar uchun mo‘ljallangan — maksimal 15 km masofaga, 100 km/soat tezlikda ucha oladi. 


Qurilma 12 ta rotor bilan jihozlangan, o‘lchamlari esa (vinlar bilan birga) 11,5 x 11,3 x 3 metrni tashkil etadi. Panoramali oynali kabina yuqori qulaylik va futuristik dizaynni ta’kidlaydi. 


Dastlabki buyurtmalar ham berilgan: Hindistonning JetSetGo kompaniyasiga 50 dona, AQShning Bravo Air aviakompaniyasiga esa besh dona yetkazilishi belgilangan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner