Eski avtobuslar elektrobusga aylantirilishi mumkin
22.02.2025 / 02:21Loyiha iqtisodiy jihatdan qanchalik samarali bo‘lishi noma’lum

O‘zbekistonda eski Mercedes Conecto avtobuslarini elektrobusga aylantirish loyihasi muhokama qilinmoqda.
Ispaniyaning UNVI kompaniyasi bilan olib borilayotgan muzokaralar natijasida Toshkent avtobus parkidan chiqarilgan avtobuslarga elektr dvigatellari o‘rnatilishi rejalashtirilgan.
Biroq, loyiha iqtisodiy jihatdan qanchalik samarali bo‘lishi noma’lum. Qayta jihozlash narxi yangi elektrobus sotib olishdan oshib ketmaydimi? Modernizatsiyalangan avtobuslarning xizmat muddati qancha bo‘ladi? Bu savollarga javob berish muhim.
2003–2013 yillarda Toshkentga 900 ta Mercedes-Benz Conecto avtobusi keltirilgan, ammo ularning qanchasi yaxshi holatda ekani aniq emas. Yangi elektrobus sotib olish eski avtobuslarni modernizatsiya qilishdan samaraliroq bo‘lishi mumkin.