BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda ayrim toifadagi haydovchilarga rulda kamar taqmaslikka ruxsat berish taklif qilindi

05.11.2025 / 06:57

Tegishli loyiha muhokamaga qo‘yildi.

Blog image

O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi ayrim kasalliklarga chalingan fuqarolarga xavfsizlik kamarini taqmaslikka ruxsat berishni taklif qildi. Tegishli loyiha muhokamaga qo‘yildi.


Ro‘yxatda tibbiy ko‘rsatmalar bo‘yicha avtomobilda xavfsizlik kamaridan foydalanish mumkin bo‘lmagan kasalliklar va holatlar ko‘rsatilgan. Jumladan:


• o‘mrov suyagi va to‘sh suyagi sinishi;

• yelka kamarining sinishi;

• qovurg‘alar sinishi;

• umurtqa pog‘onasining kompression sinishi;

• o‘pkaning surunkali obstruktiv kasalligi (IV bosqich);

• bronxial astma (IV bosqich);

• o‘pkaning interstitsial zararlanishi;

• o‘pkaning bir qismini yoki hammasini olib tashlash;

• surunkali yurak yetishmovchiligining III bosqichi va dekompensatsiya bosqichi;

• semizlikning III darajasi;

• past bo‘ylik (nanizm) — 150 sm dan past;

• qo‘l yoki yelka harakatini cheklovchi nevrologik kasalliklar;

• ko‘krak qafasi sohasidagi allergik yoki dermatologik kasalliklarning og‘ir shakllari;

• ko‘krak yoki yelka sohasida protezlar yoki implantlar mavjud bo‘lganda;

• ko‘krak qafasi yoki qorin bo‘shlig‘ida o‘tkazilgan ochiq operatsiyalar;

• stoma mavjud bo‘lganda;

• ko‘krak qafasining yirik o‘smalari;

• homiladorlik.


"Elektron sog‘liqni saqlash" tizimi orqali yuqoridagi kasallik yoki holatlardan biri mavjudligini tasdiqlovchi QR-kodli tibbiy ma’lumotnoma berish taklif etilmoqda. Ular olti oy davomida amal qiladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner