Chiroyli avtoraqam 722 mln so‘mga sotildi
22.05.2025 / 07:46Eng arzon raqam 1,9 mln so‘m bo‘lgan.

O‘zbekistonda 2024-yilda avtoraqamlar savdosi ikki barobarga oshib, 800 mlrd so‘mga yetdi. Eng qimmat avtoraqam esa — 965,3 mln so‘mga sotilgan.
20-may kuni o‘tkazilgan savdoda chiroyli avtomobil raqami — 722,3 mln so‘mga (Markaziy bank kursi bo‘yicha $56 mingdan ortiq) sotildi.
Bitimni yakunlash uchun xaridor to‘lovni amalga oshirishi va raqamni Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati orqali rasmiylashtirishi kerak.
Ushbu kuni jami 697 dona avtoraqam sotilgan, shundan 671 tasi jismoniy shaxslarga, 26 tasi esa yuridik shaxslarga to‘g‘ri kelgan. Eng arzon raqam 1,9 mln so‘m bo‘lgan.