BannerMobile banner
Yangiliklar

Xitoy o‘zining Cybertruckiga ega bo‘ladi

13.05.2025 / 07:14

GAC Pickup 01 tashqi ko‘rinishi bilan Tesla Cybertruckni eslatadi.

Blog image

Xitoydagi GAC Group o‘zining GAC Pickup 01 nomli kontseptual pikapining seriyali ishlab chiqarilishi 2027-yilda boshlanishini e’lon qildi.


Model bir vaqtning o‘zida Avstraliya, Saudiya Arabistoni, Chili, Meksika va boshqa mamlakatlarda sotuvga chiqariladi.


“Hech qanday shaxsiy adovat yo‘q, Ilon – bu shunchaki biznes”, — deya kinoya bilan yozmoqda xitoylik OAV.

Haqiqatan ham, GAC Pickup 01 tashqi ko‘rinishi bilan Tesla Cybertruckni eslatadi. Deyarli barcha dizayn elementlari shu modeldan ilhomlangan. 



GAC Pickup 01’ning saloni ham tashqi ko‘rinishiga mos ravishda futuristik uslubda bajarilgan. Ichki makonda yirik kesma shaklidagi old panel va uzluksiz ekran joylashgan bo‘lib, bu kosmik kema muhitini eslatadi.



Konseptda ilg‘or haydovchiga yordam tizimlari ko‘zda tutilgan — ayniqsa, og‘ir sharoitlarda harakatlanish, aql bilan boshqariladigan tirkama tortish va tor yo‘llarda yurish rejimlari mavjud bo‘ladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner