Banner
Yangiliklar

Dubayda Gorbachyovga xizmat qilgan sovet limuzini ZIL sotuvga qo‘yildi

04.11.2024 / 06:50

ZIL-41047ning narxi — $708 ming deb belgilandi.

Blog image

Dubaydagi avtomobil salonlaridan birida SSSRdan kelgan noyob avtomobil topildi va u tarixiy ahamiyatga ham ega. Mahalliy dilerlardan biri 1985-yilda ishlab chiqarilgan ZIL-41047 limuzinini sotuvga qo‘ydi.


Avtomobilning umumiy yurgan masofasi bor-yo‘g‘i sakkiz ming km bo‘lib, uning narxi — $708 ming deb belgilangan. Bunday yuqori narxga nafaqat mashinaning juda yaxshi holati, balki uning tarixiy o‘tmishi ham sabab bo‘lmoqda: sotuvchining aytishicha, bu avtomobil Mixail Gorbachyov uchun xizmat qilgan.


ZIL-41047 — to‘rt eshikli, yetti o‘rindiqli limuzin. Avtomobil — 7,7 litr hajmli va 315 ot kuchiga ega V8 dvigatel hamda uch pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.


Mashinaning uzunligi — 6 339 mm, g‘ildiraklar bazasi — 3 880 mm va og‘irligi — 3 550 kg ni tashkil etadi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner