Banner
Yangiliklar

Chevrolet Spark yangi dizaynda taqdim etildi

27.01.2025 / 06:13

Lotin Amerikasining boshqa davlatlariga Chevrolet Spark EUV Activ nomi bilan chiqarilishi mumkin.

Blog image

Chevrolet Spark endi yangi formatda: ixcham elektr krossover sifatida taqdim etiladi.


Bu model xitoyning Baojun Yep Plus avtomobiliga asoslangan (GM va SAIC hamkorlik loyihasi). Birinchi bo‘lib yangilikni Braziliya aholisi qabul qiladi, keyinchalik esa u Lotin Amerikasining boshqa davlatlariga Chevrolet Spark EUV Activ nomi bilan chiqarilishi mumkin.  


Asosiy ma'lumotlar:

1. Chevrolet'ning yangi strategiyasi:  

-2025-yilda Braziliyada beshta yangi model taqdim etiladi;

-yaqin yillarda 10 dan ortiq elektr va gibrid modellar chiqarilishi rejalashtirilgan.  


2. Yangi Spark haqida: Braziliyada ixcham krossover shaklida sotuvga chiqadi.

-Xitoydagi Baojun Yep Plus asosida ishlab chiqarilgan:  

-uzunligi: 3 996 mm;  

-elektromotor: 102 ot kuchi, orqa g‘ildirakli;  

-akkumulyator: 41,9 kVt/soat;  

-zaxira yurish masofasi: 401 km (CLTC tsikli bo‘yicha);

-savdolar boshlanishi yaqin oylar ichida kutilmoqda.  


3. Chevrolet'ning kelajak rejalari:  

 -Xitoylik hamkorlar (SAIC va Wuling) bilan hamkorlik davom ettiriladi;  

 -Lotin Amerikasida boshqa yangi modellar ham paydo bo‘lishi mumkin, masalan: Wuling Starlight S asosidagi elektr va gibrid versiyalar.  


Chevrolet rivojlanayotgan bozorlarda xitoy modellaridan foydalanishni davom ettirmoqda. Masalan:  


-Chevrolet S10 Max – bu Maxus T70ning versiyasi;

-Chevrolet Captiva ikkinchi avlod – bu Baojun 530;

-Chevrolet Groove – bu Baojun 510 asosida yaratilgan.  

Bizning Telegramga obuna bo'ling
Banner