Aprelda O‘zbekistonda 13,5 mingdan ortiq Cobalt sotildi
12.05.2025 / 16:02Aprel oyida mamlakatda jami — 31 476 dona yangi avtomobil sotilgan.

2025-yil aprel oyida O‘zbekistonda eng ko‘p sotilgan avtomobil yana Chevrolet Cobalt bo‘ldi. Bu modeldan bir oyda — 13 487 dona sotilgan bo‘lib, bu mamlakatdagi rasmiy avtomobil bozorining 43% ni egallaydi.
UzAuto Motors o‘zining bozordagi ustunligini saqlab qolmoqda: aprel oyida mamlakatda jami — 31 476 dona yangi avtomobil sotilgan bo‘lib, ularning — 25 956 tasi Chevrolet brendiga to‘g‘ri keladi. Bu 82,5% ulushni tashkil etadi.
Shu bilan birga, Koreya va Xitoy brendlari bozor ulushini asta-sekin oshirmoqda. Kia — 6,13%, BYD esa — 6,06% ulush bilan ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni egalladi. Chery (2,7%) va Haval (2,3%) ham kuchaymoqda.
Eng ko‘p sotilgan avtomobillar:
- Chevrolet Cobalt – 13 487 dona;
- Chevrolet Tracker – 3 204 dona;
- Chevrolet Onix – 1 616 dona;
- KIA Sonet – 1 309 dona;
- BYD Song Plus Champion DM-i – 550 dona;
- BYD Yuan Up – 440 dona;
- Chery Chazor – 366 dona;
- Haval M6 – 356 dona
- Chery Arizo 6 Pro – 330 dona;
- BYD Song Pro DM-i – 327 dona.
Sotuvlardagi asosiy omillardan biri – qulay moliyalashtirish shartlari bo‘lib qolmoqda.