BannerMobile banner
Yangiliklar

Haval avtomobillarining O’zbekistondagi narxlar, modellar va hususiyatlari

31.07.2025 / 09:48

HAVAL Jolion, H6, Dargo, H9, M6 – rasmiy O‘zbekistonda diler narxlari va texnik ma’lumotlari.

Blog image

HAVAL brendi O‘zbekiston bozorida Jolion, H6, Dargo, H9 va M6 modellari orqali keng tanlovni taqdim etadi. Har bir model zamonaviy texnologiya, yuqori qulaylik va ishonchli ishlash kafolati bilan ajralib turadi.


HAVAL Jolion — shahar krossoveri, 1.5 l turbo dvigatel (150 ot kuchi, 230 Nm), old g‘ildirakli, 7‑bosqichli DCT. Narxlar: Comfort — 279.9 mln so‘m, Prestige+ — 309.9 mln, Premium 329.9 mln so’m. Avtomobilni jihozlari: 12.3″ sensor ekran, 7″ raqamli displey, proyeksion HUD, simsiz quvvatlash, panoramal oynali sunggi Premium versiyada, 360 gradus kamera, driver‑assist tizimlari mavjud.



HAVAL H6 — oilaviy va qulay krossover, 14.6 dyuymlik ovozli multimedia ekrani, Android Auto/CarPlay, 50 W simsiz zaryadlash, ventilyatsiya-isitish tizimi, premium audio, proyeksion displey, 360 gradus kamera, orqa o‘rindiqlarda USB-desktop va isitish, adaptiv kruiz, lane‑assist, avtomatik to‘xtash tizimi. O‘zbekistonda yangi model narxi 324.9 mln so‘mdan boshlanadi.



HAVAL Dargo — narxi 399.9 mln so‘mdan boshlaydigan o‘rta segment krossover. Asosiy xususiyatlarga quyidagilar kiradi: 192 ot kuchiga ega 2.0 Turbo dvigateli, 7 pog‘onali robotlashtirilgan uzatmalar qutisi, 4WD to‘liq uzatma, shuningdek, 200 mm klirens. Dargo 360 gradus kameralari, avtomatik favqulodda tormozlash (AEB) va yo‘lda ushlab turish kabi zamonaviy haydovchiga yordam tizimlari bilan ajralib turadi.



HAVAL H9 — ramali 4WD SUV, 7 o‘rinli, kuchli va ishonchli off-road talablari uchun mos. Narxi 534.9 mln so‘mdan. HAVAL H9 O‘zbekistonda 218 ot kuchiga ega 2.0 litrli benzinli turbo dvigatel va 8 pog‘onali to‘liq uzatmali avtomat uzatmalar qutisi bilan taqdim etiladi. Avtomobilning g‘ildirak bazasi 2800 mm, klirensi 224 mm va yukxonasining hajmi 791 litr. Haval H9 o‘lchamlari: uzunligi 4 856 mm, kengligi 1 926 mm, balandligi 1 900 mm.



HAVAL M6 — iqtisodiy va oilaviy variant, qulay modeli va narxi 249.9 mln so‘mdan boshlanadi. Haval M6 ixcham krossover bo‘lib, 1,5 litrli (143 ot kuchi) benzinli dvigatel va old g‘ildirakli uzatmaga ega. U mexanik uzatmalar qutisi yoki 7 pog‘onali robotlashtirilgan korobka bilan taklif etiladi.




Shunday qilib, Haval avtomobillarining O'zbekistondagi narxlari 249 mln so'mdan boshlab 534,9 mln so'mgacha.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner