Tesla o‘zining taksi chaqirish ilovasini tayyorlamoqda
12.12.2024 / 05:28Tesla o‘z avtomobillar parki bilan robot-taksi xizmatini ishga tushiradi.

Tesla o‘z avtomobillar parki bilan robot-taksi xizmatini ishga tushirishni rejalashtirmoqda, uning xavfsizligini tirik operatorlar ta’minlaydi.
Amerikaning ushbu avtomobil ishlab chiqaruvchisi kelasi yilda Kaliforniya (AQSh) va Texasda robot-taksi xizmatini ishga tushirishni maqsad qilgan. Tesla bu maqsadni joriy yil boshida belgilagan edi.
Tesla hisobiga ko‘ra, xavfsizlik va zahira choralarini ta’minlash maqsadida hech bo‘lmaganda dastlabki bosqichda qandaydir turdagi operator kerak bo‘lishi mumkin va Tesla Cybercab xizmatini tirik operatorlar kuzatib borishi aytilgan.