Andijonda Equinox tez yordam mashinasiga urildi
13.05.2025 / 07:33Avtomobillar jiddiy texnik shikastlandi.

12-may kuni Andijon shahrida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi ijtimoiy tarmoqlarda muhokama markaziga aylandi.
Soat 15:10 da “Klinika” chorrahasida harakatlanayotgan Chevrolet Equinox tez yordam mashinasi bilan to‘qnashdi.
Viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasiga ko‘ra, 1985-yilda tug‘ilgan haydovchi “Mustaqillik” ko‘chasidan harakatlanib kelayotgan bo‘lgan. To‘qnashuvdan so‘ng u boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan Damasga ham urilgan.
Hodisa natijasida hech kim tan jarohati olmadi. Biroq avtomobillar jiddiy texnik shikastlangan. Hozirda voqea yuzasidan Andijon viloyati IIB tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.