Xitoyda tomiga o‘rnatilgan dronli BYD krossoveri sotuvga chiqdi
13.05.2025 / 07:10Avtomobil ichki qismida “Ice World” nomli boshqaruv paneli mavjud.

Xitoyda yangi gibrid krossover — BYD Sealion 07 DM-i savdosi boshlandi. Narxlar taxminan — $23 mingdan boshlanadi.
Mazkur modelning uzunligi — 4 880 mm, g‘ildirak bazasi esa — 2 820 mm ni tashkil etadi. Avtomobil ichki qismida “Ice World” nomli boshqaruv paneli mavjud bo‘lib, unda 10,25 va 15,6 dyuymli ikkita raqamli displey joylashgan.
Modelning asosiy xususiyati — tomida joylashgan suriluvchi quti bo‘lib, uning ichida dron va uni zaryadlovchi qurilma o‘rnatilgan. Krossoverning kuch qurilmasi — 1,5 litrli benzin dvigateli asosida ishlab chiqilgan.
Mashina ikki xil versiyada taqdim etilgan: old g‘ildirakdan tortuvchi model — 272 ot kuchi, to‘liq g‘ildirakdan tortuvchi model esa — 475 ot kuchiga ega. Elektr rejimida yurish zaxirasi mos ravishda 150 va 135 km ni tashkil etadi, umumiy yurish masofasi esa — 1 320 km gacha yetadi.