BannerMobile banner
Yangiliklar

Ikkilamchi avtomobil bozori: 2025-yil yanvar-mart oylarida narxlar qanday o‘zgarishga uchradi?

22.04.2025 / 07:56

Elektromobillar narxi tez tushmoqda.

Blog image

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar instituti (MHTI) 2025-yilning mart oyida ikkilamchi avtomobil bozori bo‘yicha narxlar tahlilini e’lon qildi. Bu tahlilda olx.uz saytidan 40 mingdan ortiq e’lon asosida narxlar solishtirildi. Umuman olganda, ko‘pchilik avtomobillar narxida pasayish kuzatildi.


Mahalliy ommabop avtomobillar narxi pasaydi

Aholi orasida eng ommabop bo‘lgan avtomobillar – Onix, Lacetti, Cobalt, Nexia, Spark va Damas modellarining ikkilamchi bozordagi narxlari yanvardan martgacha sezilarli darajada arzonlashdi:


- Onix – ko‘p foydalanilganlari $1 ming, kam foydalanilganlari $400 ga arzonlashdi;

- Lacetti – har xil darajadagi foydalanilgan turlari $150–$300 gacha arzonlashdi;

- Cobalt – o‘rtacha $100–$339 oralig‘ida narxlar tushdi;

- Nexia – o‘rtacha foydalangan variantlari $600, ko‘p foydalanganlari $284 ga arzonlashgan;

- Spark va Damas – har xil darajadagi variantlari o‘rtacha $61–$134 gacha arzonlashgan.


Mahalliy lyuks avtomobillar: sezilarli pasayish


- Equinox: eng katta pasayish kuzatilib, kam foydalanilgani $2 400 ga arzonlashgan;

- Malibu: kam foydalanilgani $313 ga arzonlashgan, biroq o‘rtacha foydalanilgani $150 ga oshgan;

- Tracker: o‘rtacha va ko‘p foydalanilgan variantlari $382–$723 oralig‘ida arzonlashdi, kam foydalanilgan narxi o‘zgarmagan.


Elektromobillar narxi tez tushmoqda


Xitoyning BYD brendiga oid yangi va foydalanilgan elektromobillar narxi sezilarli darajada kamaygan:

BYD E2, Han, Song Plus, Yuan Up modellarining narxi $200–$1 200 oralig‘ida tushdi. Eng katta pasayish BYD Han (o‘rtacha foydalanilgan) – $1 100, Song Plus DM-i – $1 200.


Xorijiy avtomobillar: Kia modellarida keskin arzonlashuv sezildi. Kia brendining quyidagi modellarida narxlar eng ko‘p pasaydi:


- Kia Sorento: $3 ming gacha arzonlashgan;

- Kia Sportage: $1 233–$1 750 ga pasaygan;

- Kia K5 va Seltos: o‘rtacha $500–$1 350 gacha narxi tushgan.


Ikkilamchi avtomobil bozorida mart oyida umumiy tendensiya narxlarning pasayishi bo‘ldi. Bu holat bozor faolligi, taklifning ortishi va yangi avtomobillar importining ko‘payishi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ayniqsa elektromobillar va xorijiy avtomobillar segmentida sezilarli narx tushishi kuzatildi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner