Cadillac Escalade va Escalade ESV avtomobillari chaqirib olinmoqda
19.12.2024 / 09:13Muammo AQSh, Kanada va Meksikada sotilgan Cadillac modellari uchun dolzarb.

General Motors (GM) 2021–2024-yillarda ishlab chiqarilgan Cadillac Escalade va Escalade ESV modellarida tormoz kolodkalari muddatidan oldin eskirayotganini ma’lum qildi.
Avtomobil egalari tormoz tizimining ishlash muddati kutilgan 48–112 ming mil o‘rniga bir necha ming milgacha qisqarayotganidan shikoyat qilmoqda. Muammo sababi - kolodkalarning shovqinni kamaytirish uchun ishlab chiqilgan yangi materiali. Ammo bu material shahar sharoitida yoki tog‘li hududlarda avtomobilni boshqarganda tezroq eskiradi.
GM hozircha cheklangan xizmat muddatiga ega bo‘lgan shunga o‘xshash kolodkalarni almashtirishni taklif qilmoqda. Shu bilan birga, kompaniya uzoqroq xizmat qiladigan tormoz elementlarini ishlab chiqish ustida ishlamoqda.
Muammo AQSh, Kanada va Meksikada sotilgan Cadillac modellari uchun dolzarb.
Bundan tashqari, GMC va Chevrolet avtomobillarida ham shunga o‘xshash tormoz tizimi ishlatilgani sababli, ularda ham o‘xshash nosozliklar yuzaga kelishi mumkinligi istisno etilmaydi.