BannerMobile banner
Yangiliklar

UzAuto Motors Cobalt Midnight narxi oshganini rad etdi

22.05.2025 / 07:23

Hisob-fakturasidagi narxi rasmiy narxga mos bo‘lishi kerak.

Blog image

Cobalt avtosalonlarda zavod narxidan yuqoriga sotilayotgani haqida xabar berganidan so‘ng, UzAuto Motors dilerlik korxonalari va mijozlar o‘rtasidagi shartnomalarni o‘rganib chiqdi.


Tekshiruv natijalariga ko‘ra, avtosalonlarga avtomobillarni faqat zavod narxida sotish topshirig‘i berildi. Narxni oshirishning yagona holati — mijoz so‘roviga ko‘ra qo‘shimcha jihozlar o‘rnatilishi bilan bog‘liq. Biroq hatto bu holatda ham:


- avtomobilning shartnoma va hisob-fakturasidagi narxi rasmiy narxga mos bo‘lishi kerak;

- qo‘shimcha xizmat va jihozlar uchun alohida shartnoma tuziladi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner