BannerMobile banner
Yangiliklar

Yangilangan Hyundai Creta Grand taqdim etildi

24.01.2025 / 15:56

Hyundai Creta Grand tez orada Yaqin Sharq bozorida sotuvga chiqadi.

Blog image

Hyundai yangilangan Creta Grand modelini taqdim etdi, u olti va yetti o‘rinli variantlarda mavjud. Ushbu restayling qilingan krossover Hindistonda Alcazar nomi bilan ma’lum bo‘lib, tez orada Yaqin Sharq bozorida sotuvga chiqadi.


Hyundai Creta Grand o'lchamlari: 4 560 mm (+60 mm) x 1 800 mm (+10 mm) x 1 710 mm (+35 mm), g‘ildirak bazasi esa — 2 760 mm (o‘zgarmagan). Avtomobil yangi radiator panjara, yangilangan bamperlar va zamonaviy optikaga ega.


Ichki makon: yangi old panel, asboblar paneli va multimedia birlashtirilgan ekran va modernizatsiya qilingan iqlim boshqaruvi tizimiga ega. Hyundai Creta Grand faqat old privodli (2WD) bo'lib, u panoramali tom, o‘rindiqlar ventilyatsiyasi, atrofni ko‘rish tizimi, elektron yordamchilar bilan jihozlangan.


Dvigatellar: 2.0 l benzinli atmosferik motor, 159 ot kuchiga ega. 1.5 l turbodizel — 115 ot kuchiga ega. Har ikkala motor olti pog‘onali mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi bilan jihozlangan.  


Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner