BannerMobile banner
Yangiliklar

O‘zbekistonda elektromobillar infratuzilmasi jadal rivojlanmoqda

05.05.2025 / 06:21

Hukumat tomonidan tartib va texnik shartlar soddalashtirildi.

Blog image

2025-yil 1-may holatiga ko‘ra, zaryadlash stansiyalari soni bir yil ichida — 2,5 baravarga oshib, 1 399 taga yetdi.


Eng katta o‘sish Toshkent shahrida kuzatilib, bu yerda stansiyalar soni uch baravarga ko‘paydi va jami stansiyalarning qariyb — 59% ni tashkil etdi. Toshkent shahri va viloyati birgalikda mamlakatdagi barcha zaryadlash stansiyalarining 70% iga egalik qiladi.


Foydalanuvchilar soni esa 92 ming nafarga yetgan. Hukumat tomonidan tartib va texnik shartlar soddalashtirilib, tungi tariflar va quvvat chegaralari bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratildi. 2025-yil oxirigacha 32 mingta stansiya o‘rnatilishi rejalashtirilgan bo‘lib, bu sohada yanada keng qamrovli o‘sish kutilmoqda.



Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner