BannerMobile banner
Yangiliklar

Hongqi birinchi modulli uchuvchi elektromobilini taqdim etdi

24.04.2025 / 07:59

Tianlin 1 — bu yerdagi hashamatli elektrokar bo‘lsa, havoda esa — soatiga 150 km tezlikka ega bo‘lgan uchuvchi apparatdir.

Blog image

2025-yil aprel oyida Shanxaydagi avtosalonda Hongqi o‘zining ilk aeromobilini — Tianlin 1 modelini taqdim etdi. Bu Xitoyning premium toifasidagi brendi tomonidan yaratilgan birinchi uchuvchi elektromobildir.


Yerda Tianlin 1 — bu hashamatli elektrokar bo‘lsa,

havoda esa — soatiga 150 km tezlikka ega bo‘lgan va 200 km dan ortiq masofani bosib o‘ta oladigan uchuvchi apparatga aylanadi.


Avtomobil boshqaruvi ovozli va vizual interfeys orqali amalga oshiriladi, bu esa foydalanuvchining ishtirokini minimal darajaga tushiradi.


Hongqi kompaniyasi bu loyiha orqali nafaqat texnologiyaga, balki xavfsizlikning eng yuqori standartlariga ham katta e’tibor qaratayotganini ta’kidlamoqda. Birinchi inson ishtirokidagi sinov parvozi 2025-yilga rejalashtirilgan.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner