BannerMobile banner
Yangiliklar

Shanxay avtosalonida Chery Journeo miniven konseptini namoyish etdi

25.04.2025 / 08:37

Chery Journeo — bu gibrid avtomobil.

Blog image

Shanxay avtosalonida Chery o‘zining ajoyib Journeo nomli miniven-konseptsiyasini namoyish etdi. Bu bir vaqtning o‘zida miniven, yo‘ltanlamas va kemper bo‘lib, dam olish va sayohat uchun ideal transport vositasidir.


Chery Journeoning o‘ziga xos jihatlari: tom qismida joylashgan ulkan quyosh paneli (bu yukxona emas), orqa tomonda katta shisha lyuk, yotoqxonaga aylantiriladigan suriluvchi yukxona, skameykaga aylanuvchi old qism, yon tomonlarda ochiluvchi zinapoyalar bor.


Old o‘rindiqlar harakatlanib, orqaga qaragan holatda joylashishi mumkin. Natijada avtomobil salonida markazda kichik stol bilan to‘liq mehmonxona muhitini yaratish mumkin.



Chery Journeo — bu gibrid avtomobil. Uning kuch qurilmasi Kunpeng Ultra Hybrid C-DM deb ataladi va ikki litrli turbomotor asosida ishlab chiqilgan. Uning yurish zaxirasi 2 500 kmgacha yetadi va joyida burilish va diagonal harakatlanish qobiliyatiga ham ega.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner