Yangi avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish osonlashdi
24.04.2025 / 08:29Xizmat test rejimida ishga tushirilgan.

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida yangi transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ariza topshirish xizmati paydo bo‘ldi.
Onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish hozircha test rejimida amalga oshirilmoqda va faqat “Fayzobod”da mavjud. Xizmat test rejimida ishga tushirilgan. Agar test muvaffaqiyatli o‘tsa, tizim avval poytaxt bo‘ylab, keyin esa boshqa hududlarda joriy etilishi rejalashtirilgan.
Arizachi YAIDXP (Yagona portal) orqali avtorizatsiyadan o‘tadi, xizmat turini tanlaydi va uni ko‘rsatish usulini belgilaydi (bo‘limga o‘zi borish yoki xodimning uyga chiqishi). Shundan so‘ng shakllantirilgan hisob-fakturani to‘lashi kerak bo'ladi.
Avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun to‘lov miqdori — 6,84 BRV (2 565 000 so‘m), elektromobillar, tirkamalar va mototsikllar uchun — 1,5 BRV (562 500 so‘m). Davlat raqami berish uchun xizmat narxi – 3,5 BRV (1,3 mln so‘m), texnik pasport berish – 0,7 BRV (262 500 so‘m).
Xodim uyingizga chiqib boradigan xizmatni tanlaganingizda, YHXBB bo‘limi xodimi avval siz bilan bog‘lanadi. Uyga chiqish uchun qo‘shimcha to‘lov xizmati ko‘rsatish muddati asosida belgilanadi:
- 1 kun ichida kelish – 4 BRV (1,5 mln so‘m);
- 3 kun ichida – 3 BRV (1 125 000 so‘m);
- 5 kun ichida – 2 BRV (750 ming so‘m).
Shu bilan birga, uyga chiqish uchun bazaviy qo‘shimcha to‘lov masofa 10 km dan oshmagan taqdirda qo‘llaniladi. Agar bu masofa oshsa, har bir qo‘shimcha kilometr uchun 0,05 BRV (18 750 so‘m) miqdorida qo‘shimcha to‘lov olinadi.