UzAuto Motors treyleri sakkizta Chevrolet Cobalt bilan jarlikka qulab ketdi
06.09.2024 / 12:25Chevrolet Cobalt olib ketayotgan treyler YTHga uchradi

Yo‘l-transport hodisasi 2024-yil 4-sentabr kuni taxminan soat 18:00 da Toshkent — O‘sh avtomobil yo‘lining 313-kilometrida (A-373) sodir bo‘lgan, deb xabar berdi Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi.
Treyler haydovchisi boshqaruvni yo‘qotib, jarlikka qulagan. Hodisa oqibatida jabrlanganlar yo‘q, biroq treylerda bo‘lgan sakkizta Cobalt avtomobili shikastlangan.
Hozirda Buvayda tuman YHXB tomonidan mazkur fakt yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.