BannerMobile banner
Yangiliklar

BYD yangi arzon sedan taqdim etdi

12.05.2025 / 08:10

Model ikki xil akkumulyator variantini taklif etadi.

Blog image

BYD yangi elektr sedan — BYD e7 modelini taqdim etdi. U past narxi va amaliy imkoniyatlari bilan Uber, 99 kabi servislar haydovchilari uchun haqiqiy topilma bo‘lishi kutilmoqda.


Modelning eng katta ajralib turadigan jihati — narxida, e7’ning boshlang‘ich bahosi — $12 500. Bu uni hatto Fiat Mobi kabi ba’zi benzinli avtomobillardan ham arzonroq qiladi.


Shunga qaramay, e7 o‘z egalariga yuqori darajadagi qulaylik, texnologiya va kenglikni taqdim etadi. Klassik va zamonaviy dizaynli bu sedan ishbilarmonlik uchrashuvlari yoki kundalik foydalanish uchun mos. Gabaritlari esa Toyota Corolla’dan ham kattaroq bo‘lib, yo‘lovchilar uchun ko‘proq joy, haydovchilar uchun esa uzoq masofalarda qulaylik ta’minlaydi.


Texnik jihatdan BYD e7 134 ot kuchiga ega elektromotor bilan jihozlangan bo‘lib, maksimal tezlik 150 km/soatga yetadi. Model ikki xil akkumulyator variantini taklif etadi: 48 kVt/soat (450 kmgacha yurish) va 57 kVt/soat (520 kmgacha yurish).


Hozircha BYD e7 faqat Xitoy bozorida sotiladi. Agar e7 xalqaro bozorlarga chiqsa, bu ommaviy elektromobilga o‘tishning yangi bosqichi bo‘lishi mumkin.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner