Toshkentda masjidlar yaqinida harakat cheklanadi
28.02.2025 / 09:27Ayrim masjidlar atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi.

Ramazon oyida kechki namozlar bilan bog‘liq ravishda, 28-fevraldan boshlab Toshkent shahrida har kuni soat 18:00 dan 24:00 gacha ayrim masjidlar atrofida avtomobillar harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
Harakat cheklovlari quyidagi hududlarga taalluqli:
Mirzo Ulug‘bek tumani:
- Tepa masjidi – Durmon Yo‘li ko‘chasidan Olimlar ko‘chasigacha.
Bektemir tumani:
- Alibek masjidi – M. Avazov ko‘chasidan Husayn Boyqaro ko‘chasigacha.
Yashnobod tumani:
- Islom ota masjidi – Farg‘ona Yo‘li ko‘chasining ikkinchi yo‘lidan Zarkent va Obishir ko‘chalarigacha;
- Ali ibn Abu Tolib masjidi – Chulpon ko‘chasidan Salohiyat ko‘chasigacha.
Mirabad tumani:
- Valixo‘ja o‘g‘li Norxo‘ja masjidi – Yangi Ko‘ylik – Fayziobod ko‘chalari kesishmasidan 5-Fayziobod ko‘chasigacha;
- Ko‘ylik ota masjidi – TTKAD – Ko‘ylik ota kesishmasidan Yangi Ko‘ylik yo‘lagigacha.
Sergeli tumani:
- Maruf ota masjidi – Choshtepa ko‘chasidan 1-Choshtepa yo‘lagigacha;
- Nugaqurg‘on masjidi – Yangi Sergeli – Nugaqurg‘on MKAD – Sag‘bon kesishmasidan Nurafshon – Sag‘bon kesishmasigacha.
Yakkasaroy tumani:
- Usmon ibn Ma’zum masjidi – MKAD – Fayzli Toshkent kesishmasidan MKAD – Qo‘shbegi kesishmasigacha;
- Yakkasaroy masjidi – Shota Rustaveli – Yakkasaroy kesishmasidan Yakkasaroy – Bogi Bustom kesishmasigacha;
- Rakat masjidi – J. Shoshiy ko‘chasidan Askiya ko‘chasigacha.
Yangihayot tumani:
- Niyozmat ota masjidi – TTKAD – Binokor kesishmasidan Pastdarg‘om mahallasi kirishigacha.
Shayxontohur tumani:
- Shayx Zayniddin (Ko‘kcha) masjidi – Ko‘kcha Darvoza – Nurafshon kesishmasidan Ko‘kcha Darvoza – Beshkayrag‘ach kesishmasigacha;
- Kamolon masjidi – Bunyodkor – Kamolon kesishmasidan 2-Kamolon yo‘lagi – Ustazoda kesishmasigacha.
Olmazor tumani:
- Hastimom masjidi – Nurafshon – Qorasaroy kesishmasidan Qorasaroy – Abdulla Qodiriy kesishmasigacha;
- Islomobod masjidi – MKAD – Sag‘bon kesishmasidan Nurafshon – Sag‘bon kesishmasigacha;
- Do‘stjonboy (Sulola) masjidi – Sag‘bon – 12-Sag‘bon yo‘lagi kesishmasidan Keles Yo‘li – Noraztepa kesishmasigacha.
Yunusobod tumani:
- Mirzo Yusuf (Bodomzor) masjidi – Bog‘ishamol ko‘chasidan Shibli ko‘chasigacha.
Uchtepa tumani:
- Abdulloh ibn Mas’ud (Katta Qani) masjidi – Katta Qani aylanma yo‘lidan Lutfiy – Katta Xirmontepa kesishmasigacha;
- Hazrati Ali masjidi – Nazarbek – Mahorat kesishmasidan Nazarbek – 1-Zamaxshari yo‘lagi kesishmasigacha.
Chilonzor tumani:
- Novza masjidi – Bunyodkor – Muqimi kesishmasidan Oliy Majlis binosigacha;
- Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf masjidi – Al Xorazmiy – Gavhar kesishmasidan Sog‘alli ota ko‘chasigacha;
- Ubay ibn Ka’b (Burijar) masjidi – Al Xorazmiy ko‘chasidan Katta Xirmontepa ko‘chasigacha.
Ushbu hududlarda faqat maxsus transport vositalarining harakatlanishiga ruxsat beriladi.







