Auto Shanghai 2025 ko'rgazmasida Chery iCar V23 taqdim etildi
23.04.2025 / 08:55Chery iCar V23 shahar va shahar tashqarisida foydalanish uchun zamonaviy va uslubli elektr SUVdir.

Chery iCar V23 – Xitoyning Chery kompaniyasining yangi elektr SUV modeli bo‘lib, retro dizayni va zamonaviy texnologiyalari bilan ajralib turadi. Chery iCar V23 shahar va shahar tashqarisida foydalanish uchun zamonaviy va uslubli elektr SUVdir.
Modelning texnik xususiyatlari quyidagicha:
- zadniy privod (RWD):
- maksimal quvvat: 136 ot kuchi;
- batareya sig‘imi: 60 kWh;
- maksimal zaryadlanish oralig‘i: 301-401 km (CLTC);
- 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish: 4.8 soniya;
To‘liq privod (AWD):
- maksimal quvvat: 211 ot kuchi;
- batareya sig‘imi: 82 kWh;
- maksimal zaryadlanish oralig‘i: 501 km (CLTC);
- 0 dan 100 km/soatgacha tezlanish: 3.5 soniya;
Dizayni retro uslubda bo‘lib, katta old grill, dumaloq faralar, yashirin eshik tutqichlari va tashqi bagaj konteyneri bilan jihozlangan. Ranglar: sariq, qora, kulrang, yashil, kumush va oq ranglarda mavjud.