Auto Shanghai 2025 ko'rgazmasida uchar avtomobil prototipi taqdim etildi
23.04.2025 / 08:45Avtomobil ko‘p motorli va zaxira tizimlar bilan ta’minlangan.

Auto Shanghai 2025 ko'rgazmasi 23 aprel-2 may 2025-yil oralig'ida Xitoyning Shanxay shahrida o'tkaziladi.
Chery yangi uchar avtomobil prototipini taqdim etdi. Ushbu transport vositasi "Land and Air Vehicle" deb nomlanadi va to'liq avtonom boshqaruvga ega bo'lib, rul va gaz pedalisiz. Uch modulli tuzilma: ushbu uchar avtomobil uchta asosiy moduldan iborat: havo moduli (parraklar va qanotlar bilan), aqlli kokpit va avtomobil shassisi.
Texnik ko'rsatkichlar:
- yo'lovchi sig'imi: ikki kishi;
- maksimal parvoz tezligi: 120 km/soat;
- parvoz masofasi: 70–80 km;
- parvoz vaqti: 40 daqiqa;
- maksimal balandlik: ming metr;
- parraklar: to'qqiz dona (sakkizta vertikal uchish uchun, bitta oldinga harakat uchun);
- elektr motorlar: to'qqiz dona;
- korpus materiali: karbon tolali kompozit;
- xavfsizlik tizimi: ko‘p motorli va zaxira tizimlar bilan ta’minlangan.