Zeekr 001 modeli sotuvdan olib tashlanishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
16.10.2025 / 09:33Zeekr 001 uzoq vaqt davomida brendning asosiy modeli bo‘lib qoladi.

So‘nggi kunlarda internetda Zeekr 001 2026 yilda yangi model bilan almashtiriladi degan xabarlar tarqaldi. Ammo brend bu xabarlarga rasmiy ravishda javob berdi: Zeekr 001 uzoq muddat davomida brendning asosiy modeli bo‘lib qoladi.
2021 yilda taqdim etilgan Zeekr 001 — Zeekr brendining birinchi va eng mashhur modeli bo‘lib, hozirda 40 dan ortiq mamlakatlarda sotilgan va dunyo bo‘yicha 300 mingdan ziyod avtomobil yetkazilgan.
Yangilangan Zeekr 001 (2025-yil oktabr oyida taqdim etilgan) endi kuchliroq elektr tizimi, yaxshilangan shassi, xavfsizlik tizimlari, haydovchiga yordamchi funksiyalar va aqlli salon texnologiyalari bilan jihozlangan. Dizayn o‘zining Shooting Brake uslubini va keng salon afzalligini saqlab qolgan.
Kompaniya Zeekr kelajakda bu modelni yangilab borishini, lekin uni yangi nom yoki model bilan almashtirishni rejalashtirmayotganini ta’kidladi.