Yangi Mitsubishi Pajero Sport taqdim etildi
Mitsubishi Pajero Sport Ralliartning narxi—$39 300.
Mitsubishi kompaniyasi yangi Mitsubishi Pajero Sport Ralliart versiyasini taqdim etdi.
Ushbu vnedorojnik Ralliart uslubidagi qora va qizil aksentlar, shuningdek, Ralliart stikerlari bilan ajralib turadi. Xaridorlar Ralliart brendiga oid sovg‘alar — soyabon, ryukzak va kepka ham oladilar.
Mashina faqat White Diamond (oq olmos) rangida taqdim etiladi. U qora alyuminiy disklar, yaltiroq qora qanot kengaytmalari va bamperlar hamda qizil aksentlarga ega. Eng diqqatga sazovor tomoni — kuzov bo‘ylab qizil-qora Ralliart stikerlari va logotipi.
Ichki qismdagi o‘zgarishlar faqat qizil qirralari bo‘lgan gilamchalardan iborat. Sovg‘alar avtomobil narxiga kiritilgan bo‘lsa-da, bu mahsulotlarni Osiyodagi Ralliart rasmiy onlayn-do‘konida alohida sotib olish mumkin.
Texnik jihatdan avtomobil 2,4 litrli to‘rt silindrli turbodiesel dvigatel bilan jihozlangan bo‘lib, u 178 ot kuchi va 430 Nm aylanuvchi momentni ta’minlaydi. U sakkiz pog‘onali avtomatik uzatmalar qutisi bilan ishlaydi va model faqat orqa g‘ildirakdan harakatlanadi.
Mitsubishi Pajero Sport Ralliartning narxi—$39 300.