BannerMobile banner
Yangiliklar

Hongqi O‘zbekistonda mashhur bo’lgan E-QM5’ning yangilangan versiyasini taqdim etdi

21.10.2025 / 09:18

Elektromobilning narxi Xitoyda $12 600 tashkil etadi.

Blog image

Hongqi mashhur bo’lgan E-QM5 sedanining almashtiriladigan batareyali yangi versiyasini rasman taqdim etdi. Yangi model Xitoyda $12 600 narxda yagona komplektatsiyada mavjud, xabar qiladi CarNewsChina.


E-QM5 Battery Swap Edition o‘ziga xos yopiq radiator panjarasi va noyob faralar bilan ajralib turadi. Avtomobilning orqa qismi gorizontal chiziqlar va L shaklidagi orqa chiroqlar bilan bezatilgan.


Uskuna 10,1 dyuymli "suzuvchi" markaziy boshqaruv ekrani, ovozli boshqaruv va orqani ko‘rish kamerasini o‘z ichiga oladi. E-QM5 uzunligi 5040 mm, kengligi 1910 mm va balandligi 1569 mm, g‘ildirak bazasi 2990 mm.



E-QM5 Battery Swap Edition’da Hunan CRRC Times Electric Drive Technology Co., Ltd tomonidan ishlab chiqarilgan CAM190PT4 doimiy magnitli sinxron motor o‘rnatilgan. Bu dvigatel maksimal 150 ot kuchiga va 205 N·m momentga ega.


Avtomobil Contemporary Amperex Technology Co., Limited (CATL) tomonidan yetkazib beriladigan 56 kVt/soat litiy-temir-fosfat akkumulyatori bilan jihozlangan bo‘lib, CLTC sikli bo‘yicha 500 km gacha elektr yurish masofasini ta’minlaydi.

Bizning Telegramga obuna bo'ling
BannerMobile banner