Avtokredit va halol nasiyani farqi nimada
20.10.2025 / 06:05Muhimi — shartlarni diqqat bilan o‘qish, chunki “0 foiz” degani doimiy xarajatlar yo‘q degani emas.

Avtokredit
Masalan, Chevrolet Tracker Premier Plus modeli narxi 272 656 160 so‘m. Avtokredit shartlari: 24 oy muddatga, 30 % boshlang‘ich to‘lov, yillik foiz stavkasi 10%-30% atrofida. Bu holda avtomobil bank garovi sifatida rasmiylashtiriladi, har oyda asosiy qarz va foizlar bo‘yicha to‘lov amalga oshiriladi. Shu sababli umumiy xarajat nasiya variantiga qaraganda yuqoriroq bo‘ladi. Bundan tashqari, daromadni tasdiqlovchi hujjatlar va majburiy sug‘urta talab qilinadi.
Halol nasiya savdo
Xuddi shu Tracker modeli xuddi shu narxda — 272 656 160 so‘m — 0 foizli nasiya orqali olinadi. Masalan, 60 oy muddatga, 60 % boshlang‘ich to‘lov bilan oyiga 1 817 708 so‘m to‘lov amalga oshiriladi. Bu tizimda bank rasmiy foiz olmaydi, lekin avtomobil narxiga xizmat xarajatlari kiritilgan bo‘lishi mumkin. Eng muhimi — bu shakl shariatga mos, foizsiz va soddaroq.
Avtomobil darhol xaridor nomiga rasmiylashtiriladi, ba’zida garovsiz. Shu bois uzoq muddatli foydalanishni rejalashtirganlar uchun qulayroq.
Qaysi variantni tanlash kerak?
- Avtokredit: tezroq avtomobilga egalik, lekin foiz va sug‘urta sababli ortiqcha xarajat.
- Nasiyali savdo: foizsiz, shariatga mos, lekin yuqori boshlang‘ich to‘lov talab etiladi.
- Tracker Premier Plus uchun narx har ikkala holatda bir xil — 272,6 mln so‘m.
Muhimi — shartlarni diqqat bilan o‘qish, chunki “0 foiz” degani doimiy xarajatlar yo‘q degani emas.