Tesla $20 mingdan arzon elektromobilini chiqarishini rasman tasdiqladi
10.12.2024 / 05:28Model Q ning umumiy uzunligi taxminan—3 988 mm ni tashkil etadi.

Tesla kelgusi yilning birinchi yarmida "Model Q" deb nomlangan yangi avtomobilni ishga tushirish rejalari haqida rasman e'lon qildi.
Model Q AQSh bozorida chegirma hisobga olinganda taxminan—$25 ming narxida sotilishi mumkin. Model Q ichki nomi "Redwood" bo'lib, Tesla'ning eng so'nggi avtomobil platformasida ishlab chiqariladi.
Model 3 bilan solishtirganda, yangi avtomobil 15% kichikroq va 30% yengilroq bo'ladi, uning umumiy uzunligi taxminan—3 988 mm ni tashkil etadi. Uning ishlab chiqarish tannarxi ham Model 3'ga nisbatan ikki barobar past bo'ladi.
Model Q'da 53 kVt/soat sig‘imga ega lityum-temir-fosfatli akkumulyator va bitta yoki ikkita dvigatelli variantlar uchun 75 kVt/soat sig‘imdan foydalaniladi. Zaxira yurish masofasi taxminan—500 km ni tashkil qiladi.
Agar Model Q Tesla'ning Shanxaydagi Gigafactory zavodida ishlab chiqarilsa, uning narxi atigi—$19 200 bo'lishi mumkin. Kutilishicha, yangi avtomobilni ishga tushirish 2025 yilga kelib brendga yillik o‘sishni 20–30% ga oshirishga yordam beradi.